9 Iyun 2021 yil 393

3 tup marixuana


Viloyat IIB T va EQKB TChH va Shahrisabz shahar IIB xodimlari oʼzaro hamkorlikda 2021 yil 03 iyunь kuni oʼtkazgan tezkor tadbirda yana bir giyohvandlik moddasi yetishtirib kelayotgan shaxs faoliyatiga chek qoʼyildi. Jumladan, Shahrisabz shahar “Fayzobod” MFYda yashovchi Gʼ.I. hovlisida jami 3 tup giyohvandlik oʼsimligini “parvarishlab” kelayotganligi aniqlandi. Olingan giyohvandlik oʼsimligining ogʼirligi 103.5 grammni chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech