21 Fevral 2022 yil 2714

3 sotix yer uchun 7 000 000 soʼm

Muqaddam Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi (qasddan odam oʼldirishga suiqasd qilish) va164-moddasi (bosqinchilik) jinoyatlarini sodir etganlik uchun sud hukmi bilan 10 yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʼtab chiqqan fuqaro Sh.M. berilgan jazodan oʼziga xulosa chiqarmasdan, firibgarlik yoʼli bilan oson boylik ortirishni maqsad qilib kelgan.

Gʼuzor tumanida yashovchi M.Sh. (blogerlik faoliyati bilan shugʼullanadi) oʼzini shahar va tuman hokimiyatlarida tanishlari koʼpligi haqidagi yolgʼon gaplari bilan oʼzgalarni ishonchini qozonib, mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni vaʼda qilib, viloyatda yashovchi fuqarolar ishonchiga kirgan.

Jumladan, M.Sh. 2022 yil 21 fevralь kuni Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali maishiy xizmat koʼrsatishga ajratilgan manzildan 3 sotix yerni olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 mln soʼmni firibgarlik yoʼli bilan olgan vaqtda viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʼlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Mga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik), 25-211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech