17 Sentyabr 2021 yil 442

3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul oʼtkazdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuxratjon Satvoldiev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida qabul oʼtkazdi. Qabulda boshqarma sohaviy xizmatlar rahbarlari va 10 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
Murojaatlarning asosini ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan xodimlarning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʼrsatish, shuningdek, tergov, YHXB va HPB xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga oid masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlar mablagʼ va vaqt talab etishi inobatga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech