3-sektor rahbari sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz
shahrida joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi
topshirig‘iga asosan sud-huquq sohasidagi murojaatlarga samarali yechim topish maqsadida
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxratjon Satvoldiev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Shahrisabz
shahar, Kitob, Yakkabog‘,Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari aholisining 40 ga yaqin
masalalariga oid muammolari o‘rganildi.
Viloyat IIB boshlig‘i fuqarolar
bilan ochiq muloqot qilib, takliflarni har
tomonlama chuqur o‘rganib qonuniy hal etish maqsadida ularni qiynayotgan muammolarini
tingladi.
Sayyor qabulda jami 24 dan ortiq
murojaatlar tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan qabulda 18 nafar
fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. 6 nafar fuqaro takliflari ijroga qaratildi.
Qabulda talab va takliflari o‘z
o‘rnida ijobiy hal qilinib kelayotgan hudud aholisi, Ichki ishlar boshqarmasidan
minnatdor.
Qabulda aholini qiziqtirgan savollariga
atroflicha javoblar berildi.