22 May 2024 yil
337
3-sektor rahbari fuqarolar muammolarini tingladi
Qarshi shahar “Qarshi” mahallasida viloyat
sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolarning muammolarini o‘rgani sh va hal
etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda 3-sektor rahbari Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i
polkovnik Abduvoxid Ismoilov fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov,
profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruvlar, ID-karta olish
va boshqa masalalargaa oid 12 ta murojaaati tinglandi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda murojaatlarning
2 tasi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab etadigan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli
mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.