19 Oktyabr 2021 yil 589

28.000.000 soʼmlik trubalarini o'g'irlab ketgan shaxslar qo'lga olindi

Qarshi shahar Аralovul MFYda yashovchi X.Z 102 xizmatiga qoʼngʼiroq qilib, 2021 yil 06 oktyabr kuni soat 11:45larda Qarshi shahar Аralovul MFYda joylashgan “Zamin” choyxonasidan bozor bahosi 28.000.000 soʼmlik, diametri 76 sm va 50 sm boʼlgan jami uzunligi 700 metr trubalarini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur oʼgʼirlik jinoyatini Qarshi shahar Darvozatutak MFYda yashovchi E.А va Koson tumani Darcha MFYda yashovchi B.Gʼ.lar sodir etganligi aniqlangan. Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan E.А va B.Gʼ.larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan

Text to speech