18 Dekabr 2021 yil 47806

2022/2023 oʼquv yilida IIV Аkademiyasi kunduzgi taʼlim shaklida oʼqish istagida boʼlgan nomzodlarni joriy yilning 15 noyabridan 2022 yilning 15 fevraliga qadar hududiy ichki ishlar organlari kadrlar bilan taʼminlash boʼlinmalariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkinligini, shuningdek, Qashqadaryo viloyat IIBda tashkil etilgan Ishchi guruhda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shaklida (bundan buyon Akademiya) oʼqish muddati 3 yil boʼlib, bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplom hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladi.
Akademiyada “Tergov faoliyati”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Ekspert-kriminalistika faoliyati”, “Jinoiy jazolarni ijro yetish”, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” va “Tashkiliy-shtab faoliyati” mutaxassisliklari boʼyicha kadrlar tayyorlanadi.
QABUL QILISH TARTIBI:
Akademiyaga oʼqishga qabul qilish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Akademiyaga yoshi oʼn yettidan kichik va yigirma beshdan katta boʼlmagan, umumiy oʼrta, oʼrta maxsus va professional maʼlumotga yega, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida oʼqishga qabul qilinadi.
2022/2023-oʼquv yilidan boshlab, Akademiyaga qabul qilish umumiy tartibda – oʼrta va oʼrta maxsus maʼlumotga yega boʼlgan fuqarolar (oʼrta maktab va oʼrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilari) orasidan amalga oshirilishi boshlandi. Bunda, oʼqishga qabul qilish qabul kvotasining oʼn foizi boʼyicha amalga oshiriladi.
Qabul kvotasining toʼqson foizi boʼyicha qabul faqat Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchilari orasidan amalga oshiriladi.
4. Akademiyaga oʼqishga kirish uchun nomzodlar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ−3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʼtash tartibi toʼgʼrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
IIV Akademiyaga oʼqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda tashkil yetiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus kasbiy tanlov;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Akademiyaga oʼqishga kirish uchun nomzodlarning arizalari (Akademiyaga oʼqishga kirish uchun nomzod ichki ishlar organi xodimi boʼlgan taqdirda, ularning bildirgilari) joriy yilning 15 noyabridan 2022 yilning 15 fevraliga qadar qabul qilinadi. Akademiyaga oʼqishga kirish istagini bildirganlar taʼlim yoʼnalishini koʼrsatgan holda doimiy yashash joyi boʼyicha hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.
Dastlabki tanlov:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʼplash, nomzod toʼgʼrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlash;
nomzodning sogʼligʼi jihatidan oʼqishga yaroqliligini aniqlash.
Dastlabki tanlov:
fuqarolar hamda IIV akademik litseylari bitiruvchilari uchun — ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;
harbiy akademik litseylar bitiruvchilari uchun — (hujjatlarni toʼplash va oʼrganish tadbirlari) ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida va (tibbiy koʼrikdan oʼtkazish tadbirlari) harbiy akademik litsey joylashgan hududdagi ichki ishlar organlarida;
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun — ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) oʼtkaziladi.
Nomzodlar Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil yetish va harbiy-tibbiy yekspertizani oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida nizomni tasdiqlash toʼgʼrisida” 2017 yil
26 sentyabrdagi 764-son qaroriga muvofiq vazirlik va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil yetiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʼrikdan oʼtkaziladi.
Maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat Akademiyada oʼtkaziladi.
Maxsus kasbiy tanlov:
hujjatlarni oʼrganish;
tibbiy koʼrikdan oʼtkazish;
yozma ish (bayon yoki insho);
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini oʼzlashtirganlik darajasini baholash.
Maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʼyiladi.
Nomzodlar maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari asosida Akademiyaga oʼqishga qabul qilinadi.
Akademiyaga oʼqishga kirgan nomzodlar kursantlar safiga qabul qilinadi.
Akademiyaga qabul qilish boʼyicha batafsil maʼlumotlar bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʼqishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʼtkazish boʼyicha metodikalarni tasdiqlash haqida” 2018 yil 13 fevraldagi 35-son buyrugʼida (Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 29 martda roʼyxatdan oʼtkazilgan, roʼyxat raqami 2987) tanishish mumkin.
Qashqadaryo viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik bo'limi

Text to speech