1 Fevral 2023 yil
528
2 million so‘mga og‘u sotayotgan shaxs ushlandi
2023 yil 24 yanvar kuni viloyat IIB TQX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar, “Otchopar” MFYda 22 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga joylangan giyohvandlik moddasini 2 million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Surishtiruvlar davomida og‘ufurush Qarshi shahrida yashovchi A.D. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Zahri qotil shaydosidan olingan marixuana taroziga qo‘yilganda 7,11 gramm tosh bosdi.
Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.