15 Iyul 2022 yil 263

19 tup kannabis aniqlab olindi

    Joriy yil 12 iyul kuni Chiroqchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida tumanning “Yangiobod” MFYda yashovchi N.F. tomorqasida giyohvandlik o‘simliklarini ekkanligi aniqlandi. Hovli ko‘zdan kechirilganda 19 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi parvarishlanayotgan ekan. Kannabis o‘simliklari va uning tagidan og‘irligi 17,4 gramm bo‘lgan barglari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech