13 nafar fuqaroni 18.100 АQSh dollariga chuv tushirgan firibgar qoʼlga olindi
Gʼuzor tumani “Sovbogʼ” MFYda yashovchi P.M va Gʼuzor tumani “Buyuk Karvon yoʼli” MFYda yashovchi X.N.lar oʼzaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ellikqala tumani “Sarabiy” MFYda yashovchi А.А va oliy maʼlumotga ega boʼlishni istagan jami 13 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni “Qarshi infokommunikatsiya” nodavlat institutiga oʼqishga qabul qilish hamda oliy maʼlumotga ega boʼlishgani haqida diplom berishni vaʼda qilib, fuqarolardan aldov yoʼli bilan jami 18.100 АQSh dollar pullarni olib, oʼzlarining bu jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida ularga qalbaki diplom va “Talabalik guvohnoma”lari tayyorlab berishgan. Mazkur xolat yuzasidan Oʼz.R JKning 168-m 4-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.