11 noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi sportning shaxmat va shashka hamda valeybol turlari bo‘yicha musobaqa uyushtirdi
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Kasaba uyushmalari federatsiyasi, boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda litsey rahbariyati o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar a’zolarni bayram bilan qutlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi. Qizg‘in va murosasiz bahaslarga boy kechgan musobaqaning valeybol turi bo‘yicha litsey 1-kurs 24-03-guruh o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni, litsey o‘qituvchilari faxrli 2-o‘rinni, 23-07-guruh o‘quvchilari faxrli 3-o‘rinni egalladilar. Shuningdek, sportning shaxmat turi bo‘yicha 24-05-guruh o‘quvchisi Murod To‘ychiyev faxrli 1-o‘rinni, 23-06-guruh o‘quvchisi Asilbek Primov faxrli 2-o‘rinni, 24-04-guruh o‘quvchisi Sohibjon Jonimqulov faxrli 3-o‘rinni egalladi. Sportning shashka turi bo‘yicha esa 23-03-guruh o‘quvchisi Murodullo Baratov g‘olib bo‘ldi. Naavbatdagi sovrinli o‘rinlar 24-04-guruh o‘quvchisi Akbar To‘xtayev va 24-02-guruh o‘quvchisi Fayzullo Meyliyevga nasib etdi. Musobaqa g‘oliblari va jamoalar kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.