Korruptsiyaga qarshi kurashish davom etmoqda
Neft mahsulotlarini saqlashga moslashgan MChJ rahbariyatining ancha miqdorda neft mahsuloti yoʼqolgani haqidagi bildirish xatiga asosan, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. MChJ operatori Sh.U.ga bilan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida u qilmishini yashirish maqsadida ishni oʼz foydasiga hal etish va jinoyat ishi qoʼzgʼatmaslik evaziga katta tergovchiga 2.000 АQSh dollari miqdorda pora taklif qilgan.
Katta tergovchi mayor T.Rajabov fuqaroga pora berish va olish jinoyat ekanligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi toʼgʼrisidagi tushuntirishlariga qaramasdan, MChJ operatori Sh.U pora taklif qilishni kanda qilmagan.
Ushbu holat yuzasidan mayor T.Rajabov pora taklif qilayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼrab, viloyat IIB rahbariyat nomiga bildirgi bergan.
2022 yil 1 mart kuni holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi, viloyat IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʼlimi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda Sh.U. Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIBda mayor T.Rajabovga 1300 АQSh dollari miqdoridagi pullarni bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Sh. U.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.