10-son jazoni ijro etish koloniyasi- maʼnaviyatni yuksaltirish yoʼlida!
Rejaga asosan turkum boshliqlari tomonidan jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar oʼrtasida umumiy yigʼilishlar tashkil etib faol mahkumlarning tashabbuslaridan unumli foydalangan xolda, mahkumlarni ahloqan qayta tarbiyalashda jamoa taʼsiri rolini oshirishi maqsadida tuzilgan turkum jamoa kengashi ishtirokida muhokamalar olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIVning buyrugʼi va IIV huzuridagi JIEDning koʼrsatmalariga asosan maxsus kontingent bilan doimiy ravishda oʼtkazilib kelinayotgan tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni samaraliroq tashkillashtirilmoqda. Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri boʼlib, qoidalarga rioya etishga, shuningdek bilim va maʼnaviy saviyasini oshirishga intilishni shakillantirish yoʼlga qoʼyildi. Bir necha turkumlarda jazo muddatini oʼtayotgan maxkumlarning maʼnaviy saviyasini oshirish maqsadida koloniya kutubxonasiga reja asosida jalb etilmoqda.
Tartibot boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda rejada koʼrsatilgan tadbirlar amalga oshirilib mahkumlarni kechki tekshiruv jarayonida har bir turkum boshligʼi tomonidan ularning tashqi koʼrinishi, kayfiyati, hamda shaxsiy gegiinaga amal qilib yurishlari qatʼiy nazoratga olingan.