14 Iyun 2022 yil
678
10 ming aqsh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat prokuraturasi va Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.