13 Iyul 2021 yil 587

10 дона гургут қутисидаги марихуана

Nishon tumani TIIB tezkor xodimlari tomonidan 2021 yil 11 iyul kuni soat 10:00larda olib borilgan tezkor tadbir natijasida, Nishon tumani “Samarqand” MFYda yashovchi B.S va Nishon tumani “Kimyogar” MFYda yashovchi X.Sh bilan birgalikda Nishon tumani “Ulugʼbek” MFYda joylashgan “Meros” nomli choyxonada jami 10 dona “SPIChKI” yozuvli gurgut qutiga joylangan yashil rangli oʼtkir xidli quritilgan oʼsimliksimon moddani har bir gurgut qutisini Sh.E.ga 900.000 soʼmdan jami
700 АQSh dollari va 1.700.000 soʼmga sotayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, B.S.ni yonida boʼlgan qora rangli soʼmkasidan 5 dona “SPIChKI” yozuvli, 1 dona “AVION” yozuvli gurgut qutiga solingan oʼtkir xidli yashil rangli oʼsimliksimon modda hamda Nishon tumani “Koʼksoy” MFYda yashovchi M.U boshqaruvida boʼlgan “Epika” rusumli avtomashina salonidan 1 dona “SPIChKI” yozuvli gurgut qutiga va 1 dona “LAYS” yozuvli sellofan paket ichiga joylashtirilgan yashil rangli oʼtkir hidli oʼsimliksimon moddasi holislar ishtirokida tegishli tartibda xujjatlashtirilib olingan. VIIB EKBning xulosasida, B.S.dan hujjatlashtirib olingan 10 dona “SPIChKI” yozuvli gurgut qutiga joylangan yashil rangli oʼtkir xidli quritilgan oʼsimlik tarkibida tetragidrokannabinol mavjud boʼlgan MАRIXUАNА giyohvandlik vositasi ekanligi, uning jami ogʼirligi 34,4 gram ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan B.S, M.U va X.Sh.larga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech