16 Mart 2022 yil 430

-Dala maydonida suv nasosi bor ekan xolos...

 

Qashqadaryo viloyati. 2022 yil 4 mart kuni “Yorqinbek va Jasurbek” fermer xo‘jaligi raisi 37 yoshli N.A. Qamashi tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 2 mart kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar fermer xo‘jaligi ekin maydoniga o‘rnatilgan “tomchilab sug‘orish tizimi”ning bahosi 15.549.600 so‘mlik 15 kv.li elektr suv nasosi jamlanmasini o‘rnatilgan joyidan yechib olib, o‘g‘irlab ketganliklarini bildirib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 32 yoshli S.A. va Nurobod tumanida yashovchi 26 yoshli T.O‘.,lar sodir tomonidan etilganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan 15 kv.li elektr suv nasosi jamlanmasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Text to speech