24 Avgust 2021 yil 211

Zili chiqqan hazil


2021 yil 10 avgust kuni soat 14:00larda, Qarshi tumani “Bunyodkor” MFYda yashovchi I.B. tanishi tumanning “А.Navoiy” MFYda yashovchi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi koʼlga choʼmilish maqsadida borishadi. Choʼmilish davomida ikki oʼrtoq tortishib qolib, choʼmilish uchun suvga tushgan V.F. ni I.B. yonidagi pnevmatik pistoleti bilan oʼng koʼz sohasiga bir marotaba oʼq otib, unga qasddan ogʼir tan shikasti yetkazgan. Shundan soʼng, V.F. Qashqadaryo viloyati “Koʼz kasalliklari” shifoxonasiga oʼz ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganligini maʼlum qilib, tibbiyo yordam olgan boʼlsa-da, IIBga murojaat qilmagan.
Viloyat “Koʼz kasalliklari” shifoxonasi yoʼllanmasi bilan Toshkent shahriga borgan V.F.ni Respublika Koʼz kasalliklari klinikasida tibbiy koʼrikdan oʼtkazgan shifoxona maʼmuriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar berilgan. Ushbu xabar yuzasidan toʼplangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech