5 Iyul 2021 yil 65

YOʼLOVCHIDАN 7,34 GRАMM “OPIY” OLINDI

 

Mamlakatimizda “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davom etmoqda. Tadbir rejasiga koʼra, kuchaytirilgan tartibda xizmat oʼtayotgan osoyishtalik posbonlari huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va turli koʼrinishdagi qonunbuzarliklarga barham berish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirib kelayotir. Jumladan 2021 yil 3 iyulь kuni soat 21:30larda Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari oʼzaro hamkorlikda oʼtkazgan tezkor tadbirda yana bir ogʼufurushning kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, А-380 yoʼlida “Gʼuzor-Qarshi” yoʼnalishining 47 kilometrida harakatlanib kelayotgan oq rangli “Kobalt” rusumli avtomashinani toʼxtatib tekshirganida orqa oʼrindiqda yoʼlovchi sifatida ketayotgan shaxs oʼzini shubhali tutdi.
Yoʼlovchini avtomashinadan tushirib shaxsiga aniqlik kiritilganda Qarshi shahar “Paxtazor” MFYda yashovchi R.Gʼ. ekanligi, uning yoni tekshirib koʼrilganda, shimining bel qismining orqa tomoniga tikib yashirilgan 7,34 gramm “Opiy” giyohvandlik vositasi topildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech