25 May 2022 yil 89

Yaroqsiz goʼsht aniqlandi

2022 yil 24 mayday 25 mayga oʼtar kechasi soat 00:40 larda “Qashqadaryo-Toshkent” yoʼnalishida harakatlanib kelgan “Lacetti" rusumli avtomashinasi Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin boʼlinmasi xodimlari va YHXB xodimlari tomonidan Koʼkdala tuman hududida joylashgan “Umakay” muntazam YPX maskanida toʼxtatildi. Yukxona koʼzdan kechirilganda haydovchi Chiroqchi tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinada tegishli veterinariya maʼlumotnomalarisiz, kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan, taxminan 160 kg ogʼirlikdagi yirik mol goʼshtlarini olib ketayotgani aniqlandi.
Goʼsht mahsulotlari Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib koʼrilganda isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʼldi.
Viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi kuydirish pechida 160 kg goʼsht mahsuloti yoʼq qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech