11 Oktyabr 2021 yil 52

Velosiped oʼgʼrisi qoʼlga olindi

Kitob tumani “Beshqazoq” MFYda yashovchi Q.B TIIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 18 sentyabr kuni soat 07:10dan 07:40ga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida Kitob tumani “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan “Nur” nomli toʼyxona oldiga qoʼyib ketgan bir dona velosepidini nomaʼlum shaxs olib ketganligini bildirgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shahrisabz tumani “Xoʼjabogʼ” MFYda yashovchi R.Z tomonidan sodir etilib, ushbu velosepidni Kitob tumani “Аli Qushchi” MFYda yashovchi А.N.ga sotganligi aniqlanib, А.N.dan bir dona velosepid tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan Z.R.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech