12 Mart 2020 yil 401

QOʼY OʼGʼRILАRI USHLАNDI

Dehqonobod tumani Oydinyoʼl MFY Oydinyoʼl koʼchasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Kuchimov tuman IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, oʼzining  arizasida 2020 yil 25 fevralь kunidan 26 fevralь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxslar yashash uyidan 2 bosh qoʼylarini oʼgʼirlab ketganligini,shu sababli, ushbu qoʼylarni topib berishda amaliy yordam berishni soʼragan .

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida mazkur jinoyatni Q.J, O.X va O.R tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, ulardan 1 150 000 soʼm pullar ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Jga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g”bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech