8 Oktyabr 2021 yil 62

Telefon va pullarni yashirin ravishda oʼgʼirlab ketgan shaxs qoʼlga olindi

Nishon tumanida yashovchi X.U TIIBga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida, 2021 yilning 01 oktyabr kuni soat 16:00 larda oʼziga tegishli boʼlgan, Redmi Note 8 Pro rusumli, 1 dona uyali qoʼl telefon apparatini va uning muqovasi ichida boʼlgan 500 АQSh dollarini, Shahrisabz shahar “Xoʼjamurodbaxshi” MFYda yashovchi M.D yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan tergovga qadar tezkor surishtiruv ishlari davomida, mazkur jinoyatni M.D qilganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan M.D. ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech