30 May 2022 yil 49

Suv nasos oʼgʼrisi qoʼlga tushdi

     Qarshi shahar “Geolog” MFYda joylashgan koʼpqavatli 10a-uyda yashovchi P. M. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uyning yertoʼlasidan jami 5 dona suv nasosini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Qarshi shahar IIOFMB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni shaharning 1-mitti tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan А.V. sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona suv nasosi daliliy ashyo sifatida olingan.
      Holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech