15 Mart 2023 yil 33

Shubhali fuqaroning yonidan giyohvand modda topildi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish, olish, saqlash qonunda taqiqlangan. Ammo ayrim shaxslar buni yaxshi bilsa-da, mo‘may daromad ilinjida giyohvand moddalar savdosini ko‘zlab, olib yurish xatti-harakatlarini sodir etmoqda. Jumladan, 2023 yilning 8 mart kuni taxminan soat 19.00 larda bir fuqaroning yurishi shubhali tuyulganligi sababli, u Shahrisabz shahar, «Tutzor» MFYda to‘xtatildi.

Fuqaroning Shahrisabz shahar IIB  xodimlari tomonidan fuqaroning cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda yonidan 4 dona gugurt qutilarga joylangan marixuana giyohvandlik moddasi topildi.

Olingan marixuananing og‘irligi 13,8 gramm tosh bosdi.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi  5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech