1 May 2023 yil 50

Qurol ishqibozi qo‘lga tushdi

Qashqadaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan  tezkor tadbiri davomida noqonuniy qurol sotuvchining kirdikorlari fosh etildi. Jumladan, joriy yil 25 aprel kuni Qamashi tumani hududida tumanni “Qorasuv” MFYda yashovchi S.X., 1 dona 16 kalibrli qo‘lbola usulda yasalgan o‘q otar quroli va 4 dona patronlarni 19.000.000 so‘m hamda 100 AQSH dollariga sotayotgan vaqtda viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech