14 Noyabr 2022 yil 30

Qo‘shni viloyatlik o‘g‘ri

Shahrisabz shahar, “Yashil Diyor” MFYda yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor  F.F. ertalab savdo do‘koniga kelib narsalari betartib yotganligini bildi. Va bu haqda darhol ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qildi.

Surishtiruvlar davomida do‘kondan 2.200.000 so‘m pul va 200 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxs Buxoro viloyati, Buxoro tumani, “Gulshanobod” MFYda ro‘yxatda turuvchi A.S.ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari A.S. shu kuni Shahrisabz shahar, Ipak-Yo‘li ko‘chasida joylashgan, Shahrisabz tumani, “Kunchiqar” MFYda yashovchi YATT M.N.ga tegishli bo‘lgan dorixonadan 100 ming so‘mni yashirin ravishda o‘g‘irlik yo‘li bilan olganini bildirdi.

Mazkur holatlar bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov va tezkor surishtiruv harakatlari davomida S.A.dan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Natijada Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech