3 Iyun 2022 yil 41

“Qoradori-2022” tezkor tadbirida 71 tup ko‘knori aniqlandi

    Xalqimizda nafs o‘ti bir balodir, yonar o‘tga soladur, degan naql bor.  Darhaqiqat, odamzod ehtiyojlarini, alqissa nafsini qondirish uchun o‘zini ne kuylarga solmaydi. Jumladan, G‘uzor tuman IIB xodimlari tomonidan  “Qoradori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor-tadbiri davomida o‘z nafsiga qo‘l shaxsning kirdikorlari fosh etishdi. Tumanning “Paxtazor” MFYda yashovchi S.N. tomorqasida 71 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganini aniqlashdi.

     Holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech