17 May 2023 yil
41
Qochoq Buxoroda qo‘lga olindi
Firibgarlik xatti-harakatini sodir etgani uchun Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga jalb etilgan Qarshi tumani “Yertepa” mahallasida yashovchi E.B. aybini qochish bilan xaspo‘shlamoqchi bo‘ldi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida qochoq Buxoro shahridan ushlanib, VShga joylashtirildi.