10 Sentyabr 2022 yil 118

Qimorboz shovvozlarga  chora ko‘rildi

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar qonunda ham, dinda ham qoralanadi. Lekin ayrim shaxslar tekin va mo‘may daromad topish ilinjida bu o‘yinlarga qo‘l urmoqda. Jumladan, 2022-yil 10-sentabr kuni tungi soat 01-00 lar atrofida Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB xodimlari Qarshi shahar 8-mitti tumanida fuqarolar B.R., Ch.F. va N.A.lar tungi vaqtda maishiy shovqin qilib, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etganligi holatini aniqlandi. O‘yin ishtirokchilaridan 211 ming so‘m pul va o‘yin kartalari hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli jazo chorasi qo‘llandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech