15 Iyun 2020 yil 253

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaro yashash uyi xovlisida taqiqlingan 19 tup oʼtkir xidli, giyohvandlik moddasi parvarishlab kelayotganligi aniqlandi

2020 yil 05 iyunь kuni soat 11:00 larda Chiroqchi tuman IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan Chiroqchi tumani “Eski anhor” MFYda yashovchi А.E.ning yashash uyi xovlisida taqiqlingan 19 tup yashil rangli, oʼtkir xidli, giyohvandlik moddasiga oʼxshash oʼsimlik borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Shaxrisabz tuman IIBning xulosasida E.А.ning yashash uyi tomorqasidan xujjatlashtirib olingan jami 19 tup yashil rangli, opiy oʼsimligi xidiga xos xidli, barglari soʼlimagan, qirralari noteks, arrasimon ushbu oʼsimlik tarkibida opiy alkoloidlaridan morfin, tebain va kodein mavjud boʼlib, bu oʼsimlik opiyli koʼknor oʼsimligi ekanligi, nam holdagi jami sof ogʼirligi – 350,0 grammni tashkil qilishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB 1-sonli IIB tomonidan E.А.ga nisbatan Oʼz.R JKning 270-m 1-qism bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech