3 Iyul 2021 yil 69

PUL HАM, FOYDА HАM YOʼQ

 

Shahrisabz shahar “Oq saroy” MFYda yashovchi U.Sh. qoʼshnisi, YaTT R.B.ning aldoviga uchganini kech angladi. Qoʼshnisining savdo qilish uchun pul kerak boʼlayotgani va oladigan foydadan unga ulush berishni vaʼda qilib, 2020 yil 04 dekabrь kunidan 2021 yil 20 mart kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, undan jami 10.500 АQSh dollarini olib, oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Na puldan, na foydadan, na qoʼshnidan darak boʼlmagach, U.Sh. ichki ishlar organlariga ariza berdi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi TB tomonidan qoʼzgʼatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech