15 Noyabr 2021 yil 30

Pirotexnika savdosiga chek qoʼyildi

2021 yil 06 noyabr kuni soat 05:30larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʼlimi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan, Qarshi shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qarshi shahrida joylashgan "Cheburek" choyxonasi oldida fuqaro N.А noqonuniy ravishda pirotexnika vositalari sotayotgan vaqtida tuxtatib qolindi.
Shundan soʼng fuqaro N.А.ga tegishli pirotexnika vositalari boshqarma maʼmuriy binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida toʼliq koʼzdan kechirilganida umumiy qiymati 8.400.000 soʼmlik 42 blokdan iborat "Britanik" va “Treniya" yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech