23 Dekabr 2021 yil 52

Pirotexnika buyumlarini sotayotgan fuqaro qoʼlga olindi

2021 yil 22 dekabr kuni, Qashqadaryo viloyat IIB va Milliy gvardiya Nishon tumani Qoʼriqlash boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat miqyosida pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanishini oldini olish boʼyicha oʼtkazilgan profilaktik tadbir davomida, 2005 yilda tugʼilgan, Qarshi shaharda yashovchi, voyaga yetmagan H.F mahalla hududida, qiymati 180 ming soʼmlik 18 quti pirotexnika buyumlarini sotayotganligi holati aniqlanib, pirotexnika buyumlari tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Hamkorlikda tadbirlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech