23 Iyul 2021 yil 69

“Oltin emas, duo olaman”


Xalqimizda oltin olma duo ol, duo oltin emasmi degan naql bor. Аslida maqol ijobiy maʼnoda aytilganini koʼpchilik yaxshi biladi. Аmmo ayrim nafsiga qoʼl shaxslar uchun bu naqlning ahamiyati yoʼq. Jumladan, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi N.Yu. ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 18 iyunь kuni Shahrisabz tumani “Qoʼshqanot” MFYda yashovchi uy bekasi N.S. yashash uyiga chaqirib, “boshingizda ogʼriq bor, yashash uyingizni eshigi tagida duo sepilgan, siz duoni yetti marotaba bosgansiz, menga tilla taqinchoqlaringizni bering, duoni yoʼqotib, narsalaringizni qaytaraman” deb aldab, jami 10.000.000 soʼmlik tilla taqinchoqlarini olgan. Oradan shuncha vaqt oʼtsa-da tilla taqinchoqlarini qaytarmagach, Shahrisabz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech