11 Yanvar 2021 yil 94

Oilaviy poliklinikaga ishga kiritib qoʼyaman

Qarshi shahar 1-sonli IIBga kelib tushgan habarga koʼra 2021 yil 09 yanvar kuni, Qarshi tumani Patron qishlogʼida yashovchi, А.F.ni murojaati yuzasidan viloyat IIB va Qarshi shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda shu kuni soat 16:00larda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Qarshi tumani Dasht qishlogʼida yashovchi, Qashqadaryo viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi ortodontiya boʼlimi tish texnigi boʼlib ishlovchi, Sh.K  firibgarlik yoʼli bilan xizmat mavqeidan foydalanib, F.А.ni Qarshi shahridagi oilaviy poliklinikalarning biriga tanishlari orqali ishga kiritib qoʼyish evaziga 800 АQSh dollari pora tariqasida talab qilib, ariza muallifidan kimyoviy ishlov berilgan 800 АQSh dollarini Qarshi shahar hududidagi umumiy ovqatlanish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Sh.K.ga nisbatan Oʼz.Res JKning
168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech