7 Iyun 2022 yil 36

Qoidabuzar haydovchilarga tegishli chora ko‘rildi

Yoʼllarda haydovchilar va piyodalar oʼrtasida qoʼpol va boshqa turdagi qoidabuzarliklarni oldini olish, yoʼl harakati qoidalariga ogʼishmay rioya etishini taʼminlash maqsadida viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir doirasida qoidabuzarlarga tegishli choralar koʼrilmoqda. Jumladan, avtomashina davlat raqam belgisini o'zboshimchalik bilan yechib harkatlanish holatlari, qarzdorligi mavjud va hujjatsiz avtomashina boshqargan haydovchilar, avtomashinani mast holda boshqarish, yuk tashish qoidalariga amal qilmaslik holati, transport vositasi salonida bita tayoq olib yurgan va o'zboshimchalik bilan ovoz chiqaruvchi moslama (serena) oʼrnatib olgan haydovchilar hamda tegishli ruxsatnomasiz avtomashina oynalarini tusini oʼzgartirib, noqonuniy harakatlanib kelayotgan

haydovchilar aniqlanib, qonuniy tartibda jarima maydoniga qoʼyilmoqda.

Bundan tashqari, reyd davomida haydovchilarga shoshqaloqlik qilmaslik, baʼzan yoʼllarda harakatlanish qoidalariga va yon atrofdagi haydovchilarga hurmatda boʼlib, yoʼl harakati qoidalariga toʼliq rioya qilishi tushuntirilmoqda.

Reyd tadbirlari davom etmoqda

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech