20 Dekabr 2021 yil 87

“Issiq izlar”da ochilgan jinoyat


Qarshi shahar “Qoʼrgʼoncha” MFYda yashovchi А. N. 2021 yil 17 dekabrь kuni 102 xizmatiga murojaat qilib, shu kuni soat 12:55larda oʼziga tegishli boʼlgan “Damas” rusumli, 70 J 177 RA davlat raqam belgili avtomashinasini Qarshi shahar “Qarliqbogʼot” MFY hududiga qoʼyib, oʼz ishlari bilan ketgan vaqtida, nomaʼlum shaxs avtomashinasi ichida boʼlgan 20.000.000 soʼm pullarini noʼmalum shaxs oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar davomida viloyat IIB EKBning biometrik identifikatsiya tizimida tekshirib koʼrilganda mazkur jinoyatni Qarshi shahar “Magʼzon” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan X.O. sodir etilganligi aniqlandi.
2021 yil 18 dekabrь kuni mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB 1-sonli IIB TB tomonidan tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech