9 Oktyabr 2021 yil 50

Giyohvandlik moddalari savdosiga chek qoʼyildi

Qarshi shahar “Xudoyzod” MFYda yashovchi B.B yashash uyning tomorqasida tarkibida giyohvandlik moddasi boʼlgan taqiqlangan oʼsimlik urugʼini kelgusida sotish maqsadida ekib, ushbu urugʼdan unib chiqqan bir tup 90 sm.gacha yashil rangli oʼtkir xidli oʼsimlikni unib chiqishiga qadar ishlov berib, parvarishlab, giyohvandlik vositasi bilan qonunga hilof ravishda muomala qilib kelayotganligi aniqlangan. VIIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan “Qora dori-2021” tezkor profilaktik tadbir davomida B.B oʼzini jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021 yil 07 oktyabrь kuni soat 16:10larda oʼzi yashash uyda kelgusida sotish maqsadida ekib yetishtib quritib maydalangan holatda boʼlgan oʼtkir xidli, yashil rangli usimlik talqoni “SPIChKI” yozuvi boʼlgan 6 dona gugurt qutilariga joylashtirgan jami 11,4 gramm “Marixuanna” giyohvandlik vositasini shu kuni “U” ismli shaxsga Qarshi tumanida 100 АQSh dollari va 1.700.000 soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, undan 1 dona
100 АQSh dollari kupyurasidagi va 34 dona 50.000 soʼmlik kupyuradagi jami 1.700.000 soʼm pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. B.B oʼzining uyida ham kelgusida sotish maqsadida giyohvand moddalarini saqlab kelayotganligini aniqlanganligi sababli uning uyi koʼzdan kechirilganda, yashash uyining qurilishi tugallanmagan xonasidagi shkaf ustida turgan oyoq kiyimi qutisidan quritib maydalangan holatda boʼlgan oʼtkir xidli, yashil rangli oʼsimlik talqoni “SPIChKI” yozuvi boʼlgan 7 dona gugurt qutilariga joylashtirgan jami 13,7 gramm va bir dona qogʼoz boʼlagiga oʼralgan maydalangan holatda boʼlgan 1,5 gramm “Marixuanna” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. VIIB EKBning xulosasida, “SPIChKI” yozuvi boʼlgan
6 dona gugurt quttilaridagi oʼtkir hidli yashil rangli oʼsimlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof ogʼirligi jami 11.4 grammni tashkil qilishi, “SPIChKI” yozuvi boʼlgan 7 dona gugurt quttilaridagi oʼtkir hidli yashil rangli oʼsimlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof ogʼirligi jami
13.7 grammni tashkil qilishi shuningdek, qogʼoz boʼlagidagi oʼtkir hidli yashil rangli oʼsimlik quritmasi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani, uning sof ogʼirligi jami
1.5 grammni tashkil qilishligini aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan B.B.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech