17 Mart 2020 yil 401

GIYOHVАNDLIK TАNАZZULGА YOʼL

Qashqadaryo viloyat Koson tumani Ichki ishlar boʼlimi tezkor xodimlari tomonidan 2020 yil 03 mart kuni soat 17:00 larda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Аyronchi” mahallasida yashovchi S.B “Poʼlati” shaharchasida “B” ismli shaxsga 1 dona "SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga joylangan sof ogʼirligi 5,2 gramm marixuannani 400.000 soʼmga sotayotganda qoʼlga olingan. Shu kuni soat 20:00 larda esa tumanning “Nurafshon” mahallasida yashovchi E.А yashash uyi yonida toʼxtatilib, kiyimlari koʼzdan kechirilganda charm kurtkasining chap tomon ichki choʼntagidan oq rangli selofan paketga solingan 10,7 gramm marixuanna giyohvandlik vositasi topildi.

Shuningdek, E.А.ning yashash uyi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, uning yashash uyi yotoqxonasidagi javonni yuqori qismidan koʼk rangli chemodan ichidan selofan paketga uralgan 12 dona yashil rangli, oʼtkir hidli, oʼsimlik 12 dona quruq holatdagi 82,3 gramm va 90 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutilariga joylangan 266,6 gramm marixuanna giyohvandlik vositasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan S.B va E.А.larga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech