21 Yanvar 2023 yil 166

Fuqarolarni ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilganlik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yakkabog‘ tumani IIBga “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro B.M., “Yangihayot” mahallasida yashovchi S.S., va “To‘qboy” mahallasida yashovchi M.SH. ariza bilan murojaat qilib, unda Yakkabog‘ tumani, “Madaniyat” mahallasida yashovchi fuqaro Q.N ijtimoiy tarmoqning telegram kanali orqali ularni sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlar tarqatib, ish faoliyatiga to‘sqinlik qilgan holda haqorat qilib kelayotganligini ma’lum qilib chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, fuqaro Q.N. ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar B.M., S.S. va M.SH.larni sha’ni va qadr-qimmatini kasmituvchi so‘zlar bilan haqoratlagan.

Holat yuzasidan daliliy-ashyolar tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda holat bo‘yicha Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar, esingizda bo‘lsin, ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarni haqorat qilish, daxlsizligiga yoki shaxsiy hayotiga aralashish qonun bilan ta’qib qilinadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech