13 Iyul 2021 yil 74

Fuqaro oʼz hovlisida 198 tup “Opiyli koʼknor oʼsimligi”ni qonunga xilof ravishda ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi

Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan 2021 yil 01 iyul kuni soat 12:00larda, Shahrisabz tumani “Oqdaryo” MFYda yashovchi S.R yashash uyi hovlisidagi ekin maydoniga taqiqlangan ekin hisoblangan 198 tup “Opiyli koʼknor oʼsimligi”ni qonunga xilof ravishda ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan. Shahrisabz shahar IIB EKBning xulosasida, S.R.ning hovlisidan olingan 198 tup yashil rangli, oʼtkir hidli, nam holatdagi oʼsimliklar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvand moddasi bor boʼlgan “Opiyli koʼknor oʼsimligi” ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan S.R.ga nisbatan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech