8 Oktyabr 2021 yil 53

Fuqaro marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Shahrisabz shahar “Qoziguzar” MFY hududida yurgan Qarshi shahar “Buyuk turon” MFYda yashovchi I.А tekshirilganda yonida bir dona “KHYBER slim” yozuvli gugurt qutiga joylangan 2,6 gramm marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, I.А.dan hujjatlashtirilib olingan bir dona “KHYBER slim” yozuvli gugurt qutisidagi yashil rangli, qoʼl bilan ushlab koʼrilganda quruq holdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi tarkibida fenol gruppasini tutgan kannabinoidlar guruhiga kiruvchi aktiv modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu marixuana giyohvandlik vositasi boʼlib, uning sof ogʼirligi 2,6 gramm ekanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan I.А.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech