Firibgar qo‘lga tushdi
Dehqonobod tumani “Qo‘rg‘ontosh” MFYda yashovchi I, Q. “Oqtosh” MFYda yashovchi E.R. 2022 yil fevral oyida turmush o‘rtog‘ining nomida bo‘lgan, 2021 yil dekabr oyida “AT Kapital bank” Toshkent shahar filiali orqali ikkilamchi avtokreditga olingan “Jentra” rusumli avtomashinasini taqiqda turganligini yashirib, 135 million so‘mga sotishga kelishgan. Kelishilgan pullardan 70 million so‘mini 2022 yil fevral oyida olib, qolgan 65 so‘mini olgandan keyin avtomashinani I.Q.ga hujjatlashtirib berishni va’da qilib, ishonchiga kirib, aldab, 2022 yil sentabr oyida yana 57 million so‘mini olib, jami I.Q.ning 127 million so‘m miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, avtomashinani uning nomiga hujjatlashtirib bermagan. Ushbu holat bo‘yicha Dexqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zRJKning 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.