22 Iyun 2022 yil 54

Yolg‘on xabar fosh etildi

   Qarshi tumani Beshkent shaharchasida yashovchi Q.A. “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, 2022 yil 17-20 iyun kunlari oralig‘ida, noma’lum shaxs u ishlab keladigan Qarshi shahar “G‘.G‘ulom” MFYda joylashgan MCHJ binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 100.000.000 so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

   Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida MCHJ rahbari Navoiy viloyatida yashovchi X.F.ning o‘zi o‘g‘irlik xaqida xabar berishlikni korxona ishchisiga buyurgan. Odamlarda o‘g‘irlik sodir bo‘lgandek tasavvur hosil qilish maqsadida o‘zi bilan birga olib kelgan temir bo‘lagi bilan eshiklarni go‘yoki buzilgandek ko‘rsatishga uringanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shaxar IIO FMB TB tomonidan X.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech