18 Yanvar 2023 yil 18

Ehtiyotsizlik tufayli yo‘qotilgan telefon topildi

Keyingi vaqtlarda qo‘l telefonlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Bunga ko‘proq fuqarolarning e’tiborsizligi ham sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Shahrisabz tumani “Achchig‘i” MFYda yashovchi N.D. shu yil 5 yanvar kuni viloyat IIB 102 tizimiga murojaat qilib, bir kun oldin taxminan soat 15:00larda tumanda joylashgan “G‘ijduvon” choyxonasida ovqatlanish davomida stol ustida o‘zining qo‘l telefonini qoldirib, tashqariga chiqib ketadi. Qaytib kelganida esa telefoni joyida yo‘qligini bildirgan.

Murojaat bo‘yicha Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida telefonni Shahrisabz tumani “Sayod” MFYda yashovchi O.N. sodir etganligi aniqlanib, 1 dona qo‘l telefoni tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech