6 Sentyabr 2021 yil 470

Chiroqchi tumanida “102” operator raqamiga qoʼngʼiroq qilib, jinoyat toʼgʼrisida aniq bila turib, yolgʼon xabar bergan shaxslar qoʼlga olindi.

Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashab kelayotgan X.U tanishi X.B bilan oldindan oʼzaro jinoiy til biriktirib, u bilan bir guruhga birlashib, 2021 yilning 31 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga oʼtar kechasi fuqaro M.Ening nomiga rasmiylashtirilgan, oʼzining foydalanuvida boʼlgan “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 ЕA davlat raqam belgili avtomashinasini Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashash uyi oldidan shu qishloqda yashovchi Q.Jning uyini orqa tomoniga boshqarib olib borib, avtomashinani ochiq holatda qoldirib, “102” operator raqamiga qoʼngʼiroq qilib, fuqaro X.U navbatchi operatorga guyoki “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 ЕA davlat raqam belgili avtomashinasini uyi oldida ochiq holatda qoldirilgani, kech soat 02:00larda avtomashinasini nomaʼlum shaxslar olib ketganligini bayon qilib, aybdor shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora koʼrilishini soʼrab, jinoyat toʼgʼrisida aniq bila turib, yolgʼon xabar bergan.

 

Fuqaro X.U “102” operator raqamiga qoʼngʼiroq qilganida operator tomonidan yolgʼon xabar berish, yaʼni Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi va 238-moddalari bilan javobgarlik mavjudligi toʼgʼrisida ogohlantirilishiga qaramasdan, bila turib, yolgʼon xabar bergan.

Murojaat boʼyicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida toʼplangan hujjatlarga koʼra, “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 ЕA davlat raqamli avtomashina nomaʼlum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha avtomashina arizachi X.U tomonidan ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda, yashash uyidan uzoq joyga olib borib qoʼyilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan X.U va X.Blarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech