17 Mart 2023 yil 144

Birovga choh qazigandi...

Xalqimizda birovga choh qazima unga o‘zing tushasan, degan naql bor. Bu hayotda og‘irning ustidan, yengilning ostidan yurib, odamlarni chuv tushirigani yetmagandek, tuhmat ham qiluvchi shaxslarga nisbatan aytilganiga shubha yo‘q. Jumladan, Dehqonobod tumani “Mustaqillik” MFYda yashovchi fuqaro tanishi bilan o‘zganing mulkini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida bir guruhga birlashadi.

Shovvozlar dastlab, 2021 yil fevral oyida avvaldan tanish fuqaroga 1100 AQSH dollari evaziga Qamashi tumanidan auksionda 67 gektar lalmi yer maydoni olib berishni va’da qilib pulini olishadi.

Ikiovlon jinoiy faoliyatini davom ettirib, 2021 yilning kuz oylarida fermerlik faoliyati tugatilib, yer maydoni davlat zahirasiga qaytarilgan fuqaroga 1500 AQSH dollari miqdorida pul evaziga fermerlik faoliyatini tiklab berishni va’da qilib, uni ham chuv tushirgan.

Xullas,  2022 yil fevral oyida ular Qamashi tumani “Suvoqova” bo‘limiga  fuqaroni ishga kiritib qo‘yishga va’da qilib, 1300 AQSH dollari, davlat organlarida xizmat qilib bo‘shatilgan fuqaroga ishini tiklab berishni va’da qilib, 4800 AQSH dollari va 6 million 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, firibgarlik xatti-harakatini sodir etgan.

  Bu kamlik qilgandek, shovvozlarning biri  2023 yil 10 mart kuni qo‘shni tumandan yer olib bermoqchi bo‘lgan tanishini choyxonaga chaqirib, suhbatlashib, tez kunlarda ishi hal bo‘lishini aytib, choyxonadan chiqib, yashash uyiga ketadi. So‘ngra, Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i nomiga tanishi bilan choyxonada o‘tirganda ikki nafar notanish fuqarolar unga pichoq tirab o‘ldirish bilan qo‘rqitib, bosqinchilik yo‘li bilan undan 3 million so‘m va 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib qo‘yganligi haqida ariza bilan murojaat qiladi.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtirular davomida fuqaro og‘ir jinoyat haqida bila turib yolg‘on xabar bergani ma’lum bo‘ldi.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra yolg‘on xabar bergan fuqaroga nisbatan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi TG tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 237-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, uning sherigiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech