19 Yanvar 2021 yil 62

Аvtomashina oʼzimga tegishli, avtomashina hujjatlarini yoʼqotib qoʼydim...

2021 yil 10 yanvar kuni Dehqonobod tuman IIBga kelib tushgan xabarga koʼra, Dehqonobod tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi fuqaro R.N ariza bilan murojaat qilib, kuyovi, Qarshi shahar “Аral” MFYda yashovchi fuqaro T.M 2020 yil 03 noyabr kuni unga tegishli boʼlgan “ZIL-130” rusumli 70 J 883 NA davlat raqamli avtomashinasidan ishonchnoma orqali foydalanib kelib, tanishi, Qarshi shahar “Аral” MFYda yashovchi fuqaro X.J.ga “avtomashina oʼzimga tegishli, avtomashina hujjatlarini yoʼqotib qoʼydim”-deb aldab, ishonchiga kirib, unga 52.000.000 soʼmga sotib, ushbu pullarni oʼzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan M.T.ga nisbatan Oʼz.Res JKning
168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech