15 Dekabr 2020 yil 487

АRXIV HUJJАTLАRI QАNI?!

Yakkabogʼ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X. R. tuman IIBga murojaat qilib, 2020 yil 13-noyabrь kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qatʼiy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018 yillardagi jami 3031 dona yigʼma jild ish hujjatlari yoʼqolganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat boʼyicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Yakkabogʼ tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xoʼjalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi А.J.lar tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qogʼoz yigʼuvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yigʼma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech