8 Yanvar 2021 yil 81

1.400.000 SOʼMLIK MАRIXUАNА

2021  yil 05 yanvar kuni Gʼuzor tumanida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shaxrida yashovchi, muqaddam sudlangan R.X narkotik moddasi sotayotganda qoʼlga olindi. Surishtiruv davomida Qarshi shahar Navoiy MFYda yashovchi R.X.  4 (turt) dona “AVION” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan giyohvandlik moddasini 1.400.000 soʼmga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, R.X.ning choʼntaklari koʼzdan kechirilganda, egnidagi palьtosini chap yon choʼntagida 1 dona “AVION” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan marixuana oʼsimligi borligi aniqlab olindi. R.X.dan olingan marixuana giyohvandlik moddasining jami miqdori 23 gram tosh bosdi.  

Mazkur holat yuzasidan Gʼuzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech